Jahon bankining yangi ofisi Toshkentda ochildi

Jahon bankining yangi ofisi Toshkentda ochildi

Jahon bankining yangi ofisi Toshkentda ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentdagi Trilliant biznes markazida Jahon banki guruhi (JBG) vakolatxonasining yangi ofisi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Umrzakov, hukumatning boshqa vakillari, shuningdek, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC — Jahon banki tarkibiga kiradi va xususiy sektor bilan hamkorligimiz uchun mas’ul idora) xodimlari ishtirok etishdi.

Antonella Bassani o‘z nutqida yangi ofisda JBGning 100 dan ortiq xodimlari samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ofisning ochilishi JBGning O‘zbekistondagi faoliyati sezilarli darajada kengayganini va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli sohalarida hukumat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati bilan mustahkam hamkorligimizni aks ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling