Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniya O‘zbekistonga rivojlanish maqsadlaridagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida 71 million yevro ajratadi.
Tegishli kelishuv 2026 yil 7 oktyabrda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo muzokaralar yakunlari bo‘yicha erishildi.
Tomonlar bir qator yo‘nalishlarda, jumladan, barqaror iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy himoya, qonun ustuvorligini mustahkamlash, iqlim siyosati va energetika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Erishilgan kelishuvlar 30 yildan ortiq vaqt davomida izchil davom etib kelayotgan ikki mamlakat hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi.
Germaniya O‘zbekistonni xalqaro rivojlanish hamkorligi sohasidagi muhim hamkor sifatida ko‘radi.
Ajratiladigan mablag‘lar kelishilgan sohalardagi qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Muzokaralar Berlin va Toshkentning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, shuningdek, iqlim va energetika kun tartibiga oid masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqladi.