Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Rossiyaning Tyumen viloyati o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2026 yilning dastlabki olti oyida 52 foizga oshdi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Moor maʼlum qildi.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Tyumen viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Tyumen viloyatidan O‘zbekistonga eksportning asosiy qismini kimyo sanoati mahsulotlari, polimer materiallar, shisha, qog‘oz, karton va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar tashkil etadi. Qarama-qarshi yo‘nalishda esa viloyatga oziq-ovqat mahsulotlari, qora metallar va kauchuk yetkazib beriladi.
Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga Tyumen va Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar, shuningdek, gumanitar hamkorlik ham ko‘maklashmoqda. Jumladan, O‘zbekistondan kelgan talabalar Tyumen viloyati oliy taʼlim muassasalarida tahsil olib, hududning milliy-madaniy hayotida ishtirok etmoqda.
Tyumen viloyati hokimiyati O‘zbekiston bilan ilmiy-taʼlim sohasidagi hamkorlikni ham kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Aleksandr Moor maʼlum qilganidek, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini mintaqaviy Universitetlararo kampus bazasidagi faoliyatga jalb etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Hamkorlik qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, magistratura dasturlari va qo‘sh diplomli taʼlim dasturlarini amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda.