Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Yaponiyaning Willer Express transport kompaniyasi transport sohasi uçun haydovçilar va mutaxassislar tayyorlaş, şuningdek, jamoat transportini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Transport vazirining birinçi örinbosari Mamanbiy Ömarov Willer Express prezidenti Kodzi Xirayama boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda asosiy e’tibor Özbekistondan boradigan haydovçilarni kasbiy tayyorlaş, ularning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va Yaponiyaning ta’lim beriş metodikalarini qöllaş masalalariga qaratildi.
Tomonlar özbekistonlik haydovçilarni Yaponiyada işga jalb qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi. Buning uçun ularni Yaponiya transport kompaniyalarining talab va standartlarini hisobga olgan holda öqitiş variantlarini örganiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Özbekistonda haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Körib çiqilayotgan yönalişlar qatoriga öquv dasturlarini yangilaş, soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş va malaka oşiriş böyiça qöşma kurslarni taşkil etiş kiritilgan.
Muzokaralarning alohida mavzusi Özbekiston jamoat transporti sohasiga Yaponiya investitsiyalarini jalb qiliş imkoniyatlari böldi.
Iştirokçilar zamonaviy avtobuslarni yetkazib beriş, transport infratuzilmasini yangilaş va yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar transport sohasining barqaror rivojlanişida malakali kadrlarning ahamiyatini ta’kidladi. Şu munosabat bilan kasbiy ta’lim, xizmat körsatişni taşkil etiş va transport tizimlarini boşqarişda Yaponiya tajribasidan foydalaniş imkoniyatlari qayd etildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça haydovçilar va boşqa mutaxassislarni tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş hamda kasbiy tajriba almaşiş sohalarida hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Şuningdek, tomonlar istiqbolli qöşma loyihalarni işlab çiqişga tayyor ekanliklarini bildirdi.