O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Farg‘onada “Inson” markazi xodimi hashar paytida halok bo‘ldi

UzDaily tahririyati · 01.08.2026 · 20:25 · 36 views
Farg‘onada “Inson” markazi xodimi hashar paytida halok bo‘ldi
Farg‘onada “Inson” markazi xodimi hashar paytida halok bo‘ldi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi T. Jo‘rayev hashar vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, 29 iyul kuni Uchko‘prik tumani hokimligi hashar ishlariga «mahalla yettiligi» vakillarini jalb qilgan. Ishlar davomida yollangan ishchilar foydalanayotgan motokosaning pichog‘i sinib ketgan.

Uchib ketgan pichoq bo‘lagi o‘sha paytda ishlar borishini kuzatib turgan T. Jo‘rayevning qorin qismiga tekkan. U olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi marhumning oilasi, yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirib, uning oilasi agentlikning doimiy eʼtiborida bo‘lishi va zarur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan taʼminlanishini maʼlum qildi.

Shuningdek, idora mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilgani hamda xodimlarni ularning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilish holatlari yuzasidan har tomonlama tekshiruv o‘tkazilayotganini maʼlum qildi.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, masʼul mansabdor shaxslar harakatlariga huquqiy baho beriladi va zarurat tug‘ilganda tegishli choralar ko‘riladi.