Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar hamda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning qariyb o‘n nafar elchisi va diplomati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etib, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Ishtirokchilar Farg‘ona viloyatining Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, sanoat, turizm va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi.
Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.