Samarqandda Yosh Parlament a'zolarining 12-Global konferensiyasi bo'lib o'tmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Anda Filip xonim hamda Serbiya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikerining o‘rinbosari Edin Jerlek Samarqand aeroportida Oliy Majlis Senati a’zolari tomonidan iliq kutib olindi.
Bugunga qadar Parlamentlararo ittifoq vakillari, shuningdek, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Kanada, Turkiya, Germaniya, Irlandiya, Jazoir, Zimbabve, Kot-d’Ivuar, Ozarbayjon, Pokiston, Seyshel orollari, Urugvay, Uganda, Namibiya, Shveytsariya, Shimoliy Makedoniya, Eron, Bahrayn, Nigeriya, Mavritaniya, Janubiy Afrika, Kambodja kabi davlatlardan parlament delegatsiyalari mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil 4–6-sentabr kunlari Samarqand shahrida Oliy Majlis Senati hamda Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Parlamentlararo ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Anjumanda 183 ta mamlakat, 15 ta xalqaro tashkilot vakillari hamda 50 ga yaqin doimiy kuzatuvchidan iborat 300 ga yaqin ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.