Moliya

Anorbank 50 mlrd so‘mlik ilk obligatsiya chiqaradi

Anorbank 50 mlrd so‘mlik ilk obligatsiya chiqaradi
Anorbank 50 mlrd so‘mlik ilk obligatsiya chiqaradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Anorbank Toshkent fond birjasida ommaviy joylashtirish uchun mo‘ljallangan ilk obligatsiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Emissiya hajmi 50 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror bank kuzatuv kengashi tomonidan 2026 yil 5 mart kuni 78 foiz kvorum bilan qabul qilingan. Emissiya 2026 yil 27 aprel kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tasdiqlangan parametrlarga ko‘ra, obligatsiyalar bo‘yicha kupon daromadliligi yillik 22 foiz darajasida belgilangan. Qimmatli qog‘ozlarning muomala muddati 1080 kunni tashkil etadi.

Umumiy chiqarilish hajmi har biri 100 000 so‘m nominal qiymatga ega bo‘lgan 500 000 ta obligatsiyani o‘z ichiga oladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.