Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
Andijon viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi

Andijon viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi

Andijon viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlashi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Hodisa 3-yanvar kuni soat 03:00 atrofida «Shomat» mahallasida joylashgan uyda sodir bo‘lgan. Fuqaro X. Sh. o‘z qo‘li bilan yasagan isitish moslamasini yoqishga uringan vaqtda gaz portlashi sodir bo‘lgan.

Natijada, X. Sh. tanasining 90% qismida kuyish jarohatlari olgan, uning rafiqasi L. Sh. 35-40%, o‘g‘li J. X. 20-30%, va qizi X. X. esa 70% darajada kuygan. Jabrlanganlar tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

4-yanvar kuni, shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, qiz X. X. vafot etgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda va dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling