Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 Alif 50 million dollarlik dastur doirasida 5 million dollarlik birinchi sukukni joylashtirdi

Alif 50 million dollarlik dastur doirasida 5 million dollarlik birinchi sukukni joylashtirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Alif kompaniyasi 5 million dollar miqdoridagi sukukni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Nuriddin Lafizov o‘zining LinkedIn sahifasida maʼlum qildi.

«Biz Alif kompaniyasining birinchi xususiy sukuk joylashtirish bitimini yakunlab, umumiy qiymati 50 million dollarga mo‘ljallangan dastur doirasida 5 million dollarlik qimmatli qog‘ozlarni chiqardik», — deb yozdi u.

Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur moliyaviy instrument sukuk al-Mudoraba modeli asosida tuzilgan bo‘lib, investorlarga Alif kompaniyasining O‘zbekistondagi keyingi rivojlanish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa to‘liq islom moliyasi meʼyorlari asosida amalga oshirilmoqda.

«Bu bitim Markaziy Osiyoni xalqaro islom moliyaviy bozorining ochiq va ishonchli ishtirokchisi sifatida tan olinishi yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi», — deya taʼkidladi Lafizov.

U shuningdek, loyihaning hamkorlari — Amber Investments Ltd, CBH Compagnie Bancaire Helvétique SA, Morgan, Lewis & Bockius LLP va Alhamd Shariah kompaniyalariga bitimni tuzishda ko‘rsatgan yordami va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling