Sport

Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!

Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!
Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida 🇺🇿hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempion bo‘ldi.

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.