Xitoyning Guangzhou Huayuan kompaniyasi Farg‘onaga investitsiya kiritishni ko‘rib chiqmoqda
Xitoyning Guangzhou Huayuan kompaniyasi Farg‘onaga investitsiya kiritishni ko‘rib chiqmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Guangzhou Huayuan Environmental Protection Technology Co. Ltd.” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Zou Syan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyiha xususida fikr almashildi.
Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, hududlararo hamkorlik ham faollashayotgani taʼkidlandi. Shu bilan birga, viloyatda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari soni ortib, ularning faoliyat yo‘nalishlari ham kengayib borayotgani aytib o‘tildi.
Taklif etilayotgan investitsiya loyiha aniq reja va puxta o‘ylangan chora-tadbir asosida amalga oshirilishi muhimligiga eʼtibor qaratildi.
Shundan kelib chiqib, ushbu tashabbus yuzasidan muzokaralarni davom ettirilishi bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.