O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda suyultirilgan gazning 129 ta noqonuniy savdo nuqtasi yopildi

UzDaily tahririyati · 04.08.2026 · 19:05 · 25 views
O‘zbekistonda suyultirilgan gazning 129 ta noqonuniy savdo nuqtasi yopildi
O‘zbekistonda suyultirilgan gazning 129 ta noqonuniy savdo nuqtasi yopildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil boshidan buyon O‘zbekistonda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sohasida 286 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Tekshiruvlar yakunlariga ko‘ra, suyultirilgan gazni saqlash va sotish bilan shug‘ullangan, “bunker” va “chuqur” nomi bilan tanilgan 129 ta noqonuniy nuqta faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” kompaniyasi xabar qildi.

Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, nazorat tadbirlari davomida 3530 ta maishiy gaz balloni va 25,8 tonna suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olindi. Bundan tashqari, 71,6 tonna yoqilg‘ining talon-toroj qilingani aniqlandi. Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha yetkazilgan zararni undirish va huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

“Hududgaztaʼminot”da taʼkidlanishicha, so‘nggi yillarda suyultirilgan gazni taqsimlash tizimining shaffofligini oshirish, inson omili taʼsirini kamaytirish va suiisteʼmollarning oldini olish maqsadida Face ID biometrik identifikatsiya tizimi kabi raqamli yechimlar joriy etilmoqda. Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, mazkur tizim maishiy gaz ballonlarini noqonuniy berish bilan bog‘liq ko‘plab holatlarning oldini olish imkonini bermoqda.

Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ayrim shaxslar amaldagi qoidalarni chetlab o‘tishga, suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga va korrupsiya xavflarini yuzaga keltirishga urinishda davom etmoqda.

Kompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish, suyultirilgan gazni taqsimlash tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirish, qonunbuzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.