Uzbekistan Airways IOSA auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

Uzbekistan Airways IOSA auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

Uzbekistan Airways IOSA auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Uzbekistan Airways» AJ o'ninchi IOSA (IATA Operational Safety Audit)ni muvaffaqiyatli yakunladi va xalqaro parvozlar xavfsizligi standartlariga muvofiqligini tasdiqladi. Bu haqda aviakompaniya ma'lum qildi.

«Uzbekistan Airways» ilk bor IOSA sertifikatini 2008-yilda qo‘lga kiritgan bo‘lib, shundan buyon har ikki yilda ekspluatatsion xavfsizlikning xalqaro standartlariga muvofiqligini tasdiqlab kelmoqda.

Navbatdagi audit natijalari aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro standartlar va tavsiya etilgan amaliyotga barqaror muvofiqligini, shuningdek, joriy etilgan xavfsizlikni boshqarish tizimining samaradorligini tasdiqlaydi.

IOSA auditlaridan izchil o‘tish «Uzbekistan Airways» AJning parvozlar xavfsizligi darajasi, operatsion ishonchlilik va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlash hamda doimiy ravishda oshirib borishga bo‘lgan tizimli yondashuvini aks ettiradi.

Aviakompaniya xalqaro aviatsiya talablari va sanoat amaliyotlariga muvofiq parvozlar xavfsizligi va xizmat ko'rsatish sifatini saqlash va yanada yaxshilashga qaratilgan siyosatini davom ettirishini ma'lum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling