Toshkent viloyatida noqonuniy dori olib kirilishi to‘xtatildi
Toshkent viloyatida noqonuniy dori olib kirilishi to‘xtatildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Qonunbuzarlik “Navoiy” chegara bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
Bojxona xodimlari avvaldan kuzatuv ostida bo‘lgan ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Tekshiruv jarayonida ular dori vositalarini qorin va oyoq qismiga yashirgan holda mamlakat hududiga olib kirishga uringani maʼlum bo‘ldi.
Ko‘rik natijasida sifat tasdig‘idan o‘tmagan taxminan 10,2 ming dona dori vositalari musodara qilindi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, ushbu partiyaning qiymati qariyb 160 million so‘mni tashkil etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.