Buxoro viloyatida korxonalar unumdorligining o'sishi muhokama qilindi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatida sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirish bo‘yicha tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Buxoro davlat texnika universitetida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Integratsion xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Sanoat korxonlari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan seminarda korxonalarda ishlatilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari hamda ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha eng dolzarb amaliy bilimlar taqdim etildi.
Seminar yakunida ilg‘or tajribalarni mahalliy korxonalar faoliyatiga real vaqt tartibida joriy etishga kelishib olindi.