O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg'onada KIND bilan Smart City loyihalari muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 12.08.2026 · 14:25 · 26 views
Farg'onada KIND bilan Smart City loyihalari muhokama qilindi
Farg'onada KIND bilan Smart City loyihalari muhokama qilindi / Foto: Farg'ona viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg'ona shahar hokimi KIND Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation vakillari bilan uchrashdi

Shahar hokimi Koreya Respublikasining KIND (Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation) korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida shaharda “Aqlli shahar” (Smart City) konsepsiyasini joriy etish va ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish uchun grant mablag‘larini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar zamonaviy raqamli texnologiyalarni shahar infratuzilmasiga tatbiq etish, innovatsion yechimlarni keng qo‘llash hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida “Aqlli shahar” loyihalarini amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.