O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlari Qirg'izistonda golf klubini ochishdi

UzDaily tahririyati · 30.07.2026 · 22:47 · 22 views
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlari Qirg'izistonda golf klubini ochishdi
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlari Qirg'izistonda golf klubini ochishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Cho‘lponota shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari qardosh Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.