O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

O‘zbekiston va Gruziya turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Dilafro'z Niyazova · 13.08.2026 · 13:38 · 28 views
O‘zbekiston va Gruziya turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Gruziya turizm sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda 17 avgust kuni turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan birinchi O‘zbekiston-Gruziya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Gruziyaning 10 dan ortiq yetakchi turizm kompaniyalari vakillari ishtirok etib, O‘zbekiston turizm biznesi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Forumdan oldin, 15 avgust kuni Toshkentdagi Turizm qo‘mitasi binosida ikki davlat turizm sohasi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar davomida ishtirokchilar tajriba almashadi hamda yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekiston hamda Gruziya kompaniyalari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Biznes-forumning o‘tkazilishi ikki davlat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga ko‘maklashishi va turizm sohasi vakillari tomonidan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishi kutilmoqda.