O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun yangi tariflar tasdiqlandi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 23:00 · 44 views
Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun yangi tariflar tasdiqlandi

Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun yangi tariflar tasdiqlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati shaharlarida jamoat transporti uchun yangi tarif tizimi tasdiqlandi. Tegishli qaror xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, transport yoki bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda bir martagi safar narxi 2 ming so‘mni tashkil etadi. Naqd pul bilan to‘langan taqdirda esa yo‘l haqi 2,6 ming so‘m bo‘ladi. Bir dona yukni tashish uchun ham xuddi shunday miqdorda to‘lov belgilangan.

Yangi tizim turli xil yo‘l chiptalarini joriy etishni nazarda tutadi. Yo‘lovchilar 1, 7, 90, 180 yoki 365 kunlik muddatga amal qiladigan cheklanmagan safarlar uchun abonementlar, shuningdek, 5, 10, 15, 20 yoki 30 kunlik muddatga belgilangan safarlar soniga mo‘ljallangan yo‘l chiptalarini xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va maktab o‘quvchilari uchun imtiyozli tariflar joriy etiladi. Xususan, ushbu toifadagi yo‘lovchilar uchun bir kunlik cheklanmagan yo‘l chiptasi narxi 8 ming so‘m o‘rniga 4 ming so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, transport kartasi egalari yangi yo‘l haqini to‘lash tizimida nazarda tutilgan o‘tish tariflaridan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.