O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

«Alisher Navoiy»—“Paxtakor” o‘tish yo‘lagidagi eskalator taʼmirlanadi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 23:25 · 43 views
«Alisher Navoiy»—“Paxtakor” o‘tish yo‘lagidagi eskalator taʼmirlanadi

«Alisher Navoiy»—“Paxtakor” o‘tish yo‘lagidagi eskalator taʼmirlanadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropoliteni 21 iyuldan 17 avgustga qadar «Alisher Navoiy» va “Paxtakor” stansiyalari o‘rtasidagi o‘tish yo‘lagida joylashgan eskalatorlardan birini taʼmirlaydi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼmirlash ishlari davrida «Alisher Navoiy» stansiyasidan “Paxtakor” stansiyasiga o‘tish yo‘lagida joylashgan ET-5M turidagi 3-sonli eskalator yopiladi.

Taʼmirlash doirasida 1984 yildan buyon 1-vestibyulda uzluksiz foydalanib kelinayotgan eskalatorning tortish zanjirlari almashtiriladi.

Metropolitenda taʼkidlanishicha, ushbu ishlar uskunaning ishonchliligini oshirish, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni taʼminlash hamda xavfsizlik darajasini yana-da yuksaltirishga qaratilgan.

Toshkent metropoliteni maʼmuriyati taʼmirlash ishlari munosabati bilan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.