O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston TIV rahbarini qabul qildi

UzDaily tahririyati · 15.07.2026 · 19:30 · 30 views
Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston TIV rahbarini qabul qildi

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston TIV rahbarini qabul qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Baxtiyor Saidov Turkmaniston davlat rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida turli darajalardagi faol aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmi barqaror surʼatlarda ortib borayotgani ham taʼkidlandi.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Turkmaniston ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirish niyatida ekanini taʼkidladi.