O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari muzokara o‘tkazdi

UzDaily tahririyati · 15.07.2026 · 19:15 · 28 views
O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari muzokara o‘tkazdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan tor doirada muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, shuningdek, siyosiy muloqotni izchil rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va chegaraoldi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, vazirlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan yondashuvlarni muvofiqlashtirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, barqarorlikni taʼminlash va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.