O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentning Mirobod tumanidagi kafeda chiqqan yong‘in 10 daqiqada o‘chirildi

UzDaily tahririyati · 13.07.2026 · 00:06 · 32 views
Toshkentning Mirobod tumanidagi kafeda chiqqan yong‘in 10 daqiqada o‘chirildi

Toshkentning Mirobod tumanidagi kafeda chiqqan yong‘in 10 daqiqada o‘chirildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Mirobod tumanida 12 iyul kuni kechqurun jamoat ovqatlanish muassasalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlum qilishicha, Mirobod ko‘chasida joylashgan kafeda yong‘in chiqqanligi haqidagi xabar soat 22:24 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga to‘rt daqiqadan so‘ng yetib kelgan.

Yong‘in soat 22:34 ga kelib to‘liq bartaraf etildi.

Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida bino tomining 15 kvadrat metr qismiga zarar yetgan.

Hozirgi vaqtda mutaxassislar yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.