O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

JCH-2026 chorak finalining barcha juftliklari aniqlandi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 19:00 · 30 views
JCH-2026 chorak finalining barcha juftliklari aniqlandi

JCH-2026 chorak finalining barcha juftliklari aniqlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar aniqlandi. Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan so‘nggi terma jamoa Shveysariya bo‘ldi. U 1/8 finalda Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Chorak finalda Shveysariya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Qolgan uchta juftlikni Fransiya va Marokash, Ispaniya va Belgiya, shuningdek Angliya va Norvegiya terma jamoalari tashkil qildi.

Chorak final bahslari 9–12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir tarixida ilk bor uning final bosqichida 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.