Sport

O‘zbekiston Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi
O‘zbekiston Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Mirabror Usmonov Kubogi — 2026» xotira turnirining ikkinchi turida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

O‘zbekiston 42-daqiqada hisobni ochdi. Behruz Abdusattorov penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

70-daqiqada Sadriddin Hasanov O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi golini urdi.

Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida O‘zbekiston terma jamoasi aniqroq harakat qildi — 4:1.

Turning ikkinchi uchrashuvida Rossiya U-19 va Armaniston U-20 terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Asosiy vaqt ham gollarsiz — 0:0 hisobida yakunlandi.

Ushbu uchrashuv g‘olibi ham penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Armaniston U-20 terma jamoasi 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi tur uchrashuvlari Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.