O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston IPhO–2026 olimpiadasida beshta mukofotni qo‘lga kiritdi

UzDaily tahririyati · 12.07.2026 · 12:15 · 27 views
O‘zbekiston IPhO–2026 olimpiadasida beshta mukofotni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston IPhO–2026 olimpiadasida beshta mukofotni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 4–12 iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO–2026) O‘zbekiston terma jamoasi beshta mukofotni qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobida ikkita kumush va ikkita bronza medali, shuningdek, bitta faxriy yorliq (Honorable Mention) mavjud.

Kumush medallarga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Asilbek Jumanazarov hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Muhammad Abdumalikov sazovor bo‘ldi.

Bronza medallarni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab vakili Elbek Urakov hamda Qo‘qon shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Hasan Kamolov qo‘lga kiritdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Javohir Aknazarov esa faxriy yorliq (Honorable Mention) bilan taqdirlandi.