O‘zbekistonda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tadbirkorlar taqdirlandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tadbirkorlik vakillarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 avgustdagi farmonida maʼlum qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, mukofotlar mamlakatni rivojlantirish va uning eksport salohiyatini oshirishda salmoqli natijalarga erishgani, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini taʼminlagani, investitsiyalarni jalb etishda tashabbuskorlik va tajriba ko‘rsatgani, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqargani, zamonaviy xizmatlar turlarini kengaytirgani, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratgani, shuningdek, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgani uchun berilgan.
To‘rt nafar shaxs faxriy unvonlarga sazovor bo‘ldi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni «Azia metall prof» MCHJ (Samarqand) rivojlantirish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha direktori Odiljon Boltayevga berildi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» unvoniga «Gidro stanko servis» MCHJ (Navoiy) direktori Baxtiyor Hamrayev sazovor bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» unvoni «426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi» MCHJ (Marg‘ilon, Farg‘ona viloyati) bosh direktori Muhsinjon Isakov va «Central Asian constriction» MCHJ (Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani) taʼsischisi Yorqin Bobaxanovga berildi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» unvoni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi «Qo‘shchinor mevasi» fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Ahmedovga berildi.
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” MCHJ direktori Botir Qozimov, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi «Sarvar Aziz Umarzoda ramzi» fermer xo‘jaligi rahbari Shunkar Umirzakov va Xorazm viloyati Urganch tumanidagi «Tillo domor» xususiy korxonasi rahbari Umarbek Sharipov taqdirlandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi «Turon eco cement group» MCHJ taʼsischisi Qodirjon Ahmedov, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi «Chinobod qurilish» xususiy korxonasi direktori Otaxon Masharipov, Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi «Premier electrotech» MCHJ taʼsischisi Saidg‘affar Saynurdinov va Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari Isroiljon O‘raimov taqdirlandi.
“Do‘stlik” ordeni bilan 15 nafar kishi, jumladan, Toshkentdagi «My freighter» va «Centrum air» xususiy aviakompaniyalari taʼsischisi Abdulaziz Abdurahmonov, «AZC group» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori Rastislav Babitsa, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi «United soft» MCHJ rahbari Boisxon G‘aniyev, “Voltalia” kompaniyasi boshqaruv raisi Robert Klain, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Narzi qushbegi» xususiy korxonasi rahbari Behzod Qodirov, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi «Azim Zomin shifo» MCHJ direktori Oybek Mamatqulov, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi «Dilshoda Dilshodbek Manzura» fermer xo‘jaligi rahbari Hanifa Matkarimova, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi «Imperial granit» MCHJ taʼsischisi Shermuhammad Mirzajonov, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi «Oqtosh kelajagi» MCHJ rahbari Xolmirza Turumov, «Odas Enerji CA» kompaniyasi rahbari Ozkan Ural, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Namangan qo‘ychilik klasteri» MCHJ taʼsischisi Aʼzami Usmonov, “Forteks” kompaniyasi rahbari Adahamjon Hamidov, Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Chinobod nurli zamin agrofirmasi» MCHJ direktori Botir Xo‘jamov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Karakalpak palace hotel» MCHJ boshqaruv raisi Ikrom Yuldashev bor.
“Mardlik” ordeni bilan biznes vakillaridan besh nafari taqdirlandi. Ular Tuproqqalʼa tumanidagi «Marjona Sabohon» MCHJ rahbari Rohat Jumaniyozova, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi «Jilvon jilosi 2020» MCHJ rahbari Afzal Qushshayev, ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger Otabek Mahkamov, Kichik biznes assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Muzaffarxon Musayev va Samarqand viloyati Narpay tumanidagi «Narpay strategy up» MCHJ direktori Maʼruf O‘runboyevdir.
“Salomatlik” II darajali medali bilan Farg‘ona viloyatidagi «Salomatlik plyus ekologiya» nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi Xadicha Nazarova va Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Surge med» xususiy klinikasi bosh shifokori Sharif Rahimiy taqdirlandi.
«Sog‘lom turmush» medali bilan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi «Atabaevs production» MCHJ taʼsischisi Husan Ataboyev, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Ideal study» nodavlat taʼlim muassasasi rahbari Shoislom Baratov va Buxoro shahridagi «Amirshoh 777» MCHJ rahbari Anvar Kenjayev taqdirlandi.
“Jasorat” medali bilan Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasi Asror Qurbonov, Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy Furqat Qurbonov va Buxoro viloyati Peshku tumanidagi «Zulfiya To‘ra qizi» fermer xo‘jaligi rahbari Zulfiya Ochilova mukofotlandi.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi «Lazzat pishloq» MCHJ taʼsischisi Shohrux Baxodirov, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Intest max» MCHJ taʼsischisi Bekzod Maqsudov, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “East-games” MCHJ taʼsischisi Elbek Nurmuhamedov va Samarqand shahridagi «Innovatsion maskan» nodavlat taʼlim muassasasi direktori Muhammadxon Soliyev taqdirlandi.
“Shuhrat” medali bilan mamlakatning turli hududlaridan 22 nafar biznes vakili mukofotlandi. Ular orasida “Barakat-alfa” MCHJ bosh direktori Tohirjon Adamboyev, «Global export company» MCHJ bosh direktori Davron Dadaxonov, Jizzax viloyatidagi “Yu-Meva” MCHJ rahbari Yulduz Jabborova, Namangan viloyatidagi «Shust textile» MCHJ taʼsischisi Jamshid Ismatullayev, «Brio group» AJ bosh direktori Farhod Mahmudov, Navoiy viloyatidagi «G‘ozg‘on chevar qizlari» ishlab chiqarish kooperativi rahbari Mohichehra Norboyeva, «Ahmad oltin jo‘ja» restoranlar tarmog‘i asoschisi G‘afur To‘laganov, “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi Sherali O‘rinov hamda Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshqa tadbirkorlar bor.