Saida Mirziyoyeva Van I bilan O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi hamda XKP MQ Tashqi ishlar komissiyasi Kanselyariyasi rahbari Van I bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ochiq va do‘stona muhitda o‘tdi. U ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani va bu ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar asosiy sohalardagi hamkorlikning joriy holatini ko‘rib chiqdi. Xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar, investitsiyaviy hamkorlik hamda madaniy aloqalar muhokama qilindi.
Global kun tartibidagi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Suhbatdoshlar xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar bo‘yicha umumiy pozitsiyalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Van Iga mazmunli va ochiq fikr almashuv uchun minnatdorlik bildirdi.