O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Toshkent viloyatida 10-yo‘nalish avtobusida yong‘in chiqdi

Dilafro'z Niyazova · 17.08.2026 · 14:05 · 4 views
Toshkent viloyatida 10-yo‘nalish avtobusida yong‘in chiqdi
Toshkent viloyatida 10-yo‘nalish avtobusida yong‘in chiqdi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Qibray tumanida 15 avgust kuni «Hojako‘rg‘on MFY — Yunusobod 12-mavze» yo‘nalishida harakatlanayotgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobusning motor bo‘limida yong‘in sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat taxminan 16:10 da O‘nqo‘rg‘on mahallasidagi Charog‘on ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtobus “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyining 5-filialiga tegishli bo‘lgan. Uning bort raqami 05-414, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami esa 01 481 WCA.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘inga avtobusning motor bo‘limidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelishi sabab bo‘lgan.

Haydovchi yo‘lovchilarni zudlik bilan xavfsiz joyga evakuatsiya qilgan va mavjud o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv brigadasi yetib kelib, vaziyatni nazoratga olgan.

Hodisadan so‘ng avtobus taʼmirlash maydonchasiga olib borilgan. Mutaxassislar zarur taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.