O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Gruziyaning yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tajribasini oʻrgandi

Dilafro'z Niyazova · 13.08.2026 · 21:45 · 43 views
Oʻzbekiston Gruziyaning yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tajribasini oʻrgandi
Oʻzbekiston Gruziyaning yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tajribasini oʻrgandi / Foto: Kambag‘allikni kamaytirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva hamrohligida “Yilning eng yosh faol xodimi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari — Dadaxon Qurombayev (Xorazm), Javohir Muhiddinov (Jizzax) va Shaxzodbek Abdullayev (Namangan) Gruziyada malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.

Tashrif davomida delegatsiya Gruziyaning Innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA), Tbilisi Tech Park, Ta’lim, fan va yoshlar vazirligi hamda Yoshlar agentligida bo‘lib, startap ekotizimi, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, zamonaviy kasblarga tayyorlash va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.

B2B va B2G doirasidagi uchrashuvlarda qo‘shma loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan samarali amaliyotlarni ommalashtirishga xizmat qiladi.