O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni 5 millionga yetdi

Dilafro'z Niyazova · 24.08.2026 · 20:40 · 36 views
O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni 5 millionga yetdi
O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni 5 millionga yetdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslar nomiga 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

1 aprel holatidagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, aholiga tegishli avtotransport vositalari soni 79 416 taga yoki qariyb 1,6 foizga oshgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi. Ularning soni 4 618 719 ta bo‘lib, umumiy avtotransport vositalarining 92,7 foiziga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar nomida 343 375 ta yuk avtomobili, 7 508 ta mikroavtobus, 7 128 ta maxsus transport vositasi va 5 786 ta avtobus ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Eng ko‘p avtotransport vositasi Toshkent shahrida qayd etilgan — 637 706 ta. Ikkinchi o‘rinda 573 472 ta transport vositasi bilan Farg‘ona viloyati, uchinchi o‘rinda esa 563 072 ta bilan Samarqand viloyati turibdi. Toshkent viloyatida 476 148 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Aholiga tegishli avtotransport vositalari eng kam Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 110 122 ta. Keyingi o‘rinlarda Jizzax viloyati 145 392 ta va Navoiy viloyati 156 745 ta transport vositasi bilan joylashgan.

Shunday qilib, 2026 yil 1 apreldan 1 iyulgacha jismoniy shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtotransport vositalari soni 4 903 100 tadan 4 982 516 taga yetgan. O‘sish 79 416 tani tashkil etgan.