O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Dilafro'z Niyazova · 24.08.2026 · 20:15 · 35 views
Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi
Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi / Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi.

Tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qurʼon oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo oʻqildi.

Majmua islom olamining ulugʻ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan boʻlib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va soʻfiylik tarixi muzeyini oʻz ichiga oladi.