Toshkent metrosining yana ikki bekatida ona va bola xonalari ochildi
Toshkent metrosining yana ikki bekatida ona va bola xonalari ochildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropolitenining «Mustaqillik maydoni» va “Bodomzor” bekatlarida ona va bola xonalari, shuningdek, jamoat hojatxonalari ishga tushirildi. Yangi obyektlar yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish dasturi doirasida tashkil etildi.
Metropoliten maʼlum qilishicha, zamonaviy jamoat hojatxonalari zarur sanitariya-gigiyena vositalari hamda tegishli infratuzilma bilan jihozlangan.
Bundan avval ham poytaxt metrosining qator yerosti bekatlarida ona va bola xonalari hamda jamoat hojatxonalari ochilgan edi. Yangi obyektlar foydalanishga topshirilishi bilan bunday qulayliklar mavjud bekatlar soni o‘ntaga yetdi.
Metropolitenda qayd etilishicha, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari izchil davom etmoqda.