O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga joʻnab ketdi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.