O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston OTMlariga 677 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

UzDaily tahririyati · 12.07.2026 · 11:50 · 29 views
O‘zbekiston OTMlariga 677 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

O‘zbekiston OTMlariga 677 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi yakunlandi. Jami 677 907 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy sonidan 451 744 nafari yoki 66,6 foizi joriy yil bitiruvchilari, yana 226 163 nafari yoki 33,4 foizi esa avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tamomlagan.

Abituriyentlar orasida 365 196 nafar yoki 53,9 foizni ayollar, 312 711 nafar yoki 46,1 foizni erkaklar tashkil etmoqda.

Kirish test sinovlarini 664 609 nafar abituriyent topshiradi. Yana 36 500 nafar abituriyent ijodiy kirish sinovlari nazarda tutilgan taʼlim yo‘nalishlarini tanlagan, 10 581 nafar abituriyent esa oliy harbiy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida 24 526 ta xalqaro sertifikat tasdiqlangan. Shuningdek, 193 186 nafar abituriyent umumtaʼlim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar bilan, 125 354 nafar esa xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Barcha fanlar bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent kirish test sinovlaridan to‘liq ozod etilgan. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichiga qo‘yiladi.

Qabul kampaniyasini o‘tkazish uchun 64 ta yirik imtihon maydonchasi tayyorlangan. Ular bir smenada 35 490 nafar, bir kun davomida esa 70 980 nafar abituriyentni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Kirish test sinovlari o‘n kun davomida o‘tkaziladi.