Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sherzod Ibragimov O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tegishli qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan qabul qilingan.
Yangi lavozimga tayinlanishidan avval Sherzod Ibragimov Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga rahbarlik qilib kelgan.