O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

O‘zbekistonga besh oyda 203 davlatdan sayyohlar tashrif buyurdi

UzDaily tahririyati · 25.06.2026 · 12:20 · 27 views
O‘zbekistonga besh oyda 203 davlatdan sayyohlar tashrif buyurdi

O‘zbekistonga besh oyda 203 davlatdan sayyohlar tashrif buyurdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 5 million 351 ming 868 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, hisobot davrida mamlakatga kelgan sayyohlar geografiyasi dunyoning 203 davlatini qamrab olgan. Bu esa respublikaning xalqaro maydondagi turistik mavqei izchil mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Idora tomonidan eʼlon qilingan statistik hisobotda xorijiy turistlar oqimining jinsiy va yosh tarkibi ham keltirilgan. Mamlakatga tashrif buyurganlar orasida erkaklar ustunlik qildi. Ular soni 2 million 974 ming 327 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ayol sayyohlar soni 2 million 377 ming 541 nafar etib qayd etildi.

Xorijiy mehmonlar orasida eng faol qatlamni o‘rta yoshdagi shaxslar tashkil qildi. Yosh toifalari bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, 31 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar asosiy ulushni egallab, ularning soni 2 million 791 ming 843 nafarga yetgan.

Ikkinchi o‘rinda 56 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolar joylashdi. Ularning soni 1 million 83 ming 688 nafarni tashkil qildi.

19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar toifasi 892 ming 166 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan sayyohlar soni 584 ming 171 nafar etib qayd qilindi.