«Andijon polkasi» Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
«Andijon polkasi» Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbek xalq raqsi «Andijon polkasi» dunyodagi eng ommaviy milliy raqs ijrosi sifatida rasman Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Rekord Andijon shahridagi «Bobur Arena» stadionida o‘rnatildi. Unda bir vaqtning o‘zida 20 ming kishi mazkur raqsni ijro etdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ginness rekordlari tashkilotining rasmiy vakili tadbirda shaxsan ishtirok etib, jarayon barcha belgilangan talablarga to‘liq javob berishini tasdiqladi. Shundan so‘ng rekord rasman ro‘yxatga olindi.
Ushbu voqea Andijon shahri 2026 yil uchun Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan kunda bo‘lib o‘tdi.
«Andijon polkasi» — o‘zbek xalq raqsi va shu nomdagi musiqiy kuy bo‘lib, tez surʼati hamda qo‘l harakatlarining taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Ilk davrlarda mazkur raqs asosan erkaklar tomonidan ijro etilgan, keyinchalik esa ayollar orasida ham keng ommalashgan.
Andijon Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Shaharning tarixi taxminan 2,5 ming yilni tashkil etadi. O‘z vaqtida u Buyuk ipak yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bugungi kunda Andijon O‘zbekistonning yirik maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblana