Royal Jordanian aviakompaniyasi Amman va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'ydi
Royal Jordanian aviakompaniyasi Amman va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'ydi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 1-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da “Royal Jordanian” aviakompaniyasining Ammandan birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Iordaniyaning “Royal Jordanian” aviakompaniyasi Iordaniya va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi ikki davlat o‘rtasida turizm, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Iordaniya va qo‘shni davlatlardan kelgan yo‘lovchilar O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga qulay kirish imkoniyatiga ega bo‘lib, nafaqat poytaxt, balki Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlarning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Royal Jordanian” Iordaniyaning milliy aviatashuvchisi bo‘lib, Amman shahridagi Qirolicha Aliya xalqaro aeroportida joylashgan. Kompaniya parki 40 dan ortiq yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy Airbus, Boeing va Embraer samolyotlaridan iborat. Aviakompaniya Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaga parvozlarni amalga oshiradi.