Angliya qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi
Angliya qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Angliya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati chorak final bahsida Norvegiyani qo‘shimcha vaqtdan keyin 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir yarim finaliga yo‘l oldi. Uchinrashuv Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi.
Hisob uchrashuvning 36-daqiqasida norvegiyalik yarim himoyachi Andreas Shelderup tomonidan ochildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Jud Bellingem gol urib, tanaffusga qadar Angliya hisobni tenglashtirdi.
Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi. Hal qiluvchi gol qo‘shimcha vaqtning 93-daqiqasida kiritildi. Jud Bellingem dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Yarim finalda Angliya terma jamoasi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Argentina va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Angliya ishtirokidagi yarim final uchrashuvi 16 iyul kuni o‘tkaziladi.