O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 12:00 · 30 views
Oʻzbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Fransiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 9-iyul kuni Toshkent shahrida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sherzod Ozodzoda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Normatov hamda MEDEF International tarkibidagi Fransiya–Oʻzbekiston Tadbirkorlar kengashi raisi Klod Imoven ishtirokida Oʻzbekiston–Fransiya davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 17 ta fransuz kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

MEDEF International – Fransiya biznesining xalqaro savdo, texnologik hamkorlik va xorijiy bozorlarda uzoq muddatli investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yetakchi platformalaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi. 2025-yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1,4 mlrd dollarni, 2026-yilning yanvar–may oylarida esa 775 mln dollarni tashkil etdi (oʻsish — 150%).

Tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Amalga oshirilayotgan yoʻnalishlar qatorida EDF kompaniyasining energetika sohasidagi 2 mlrd dollarlik loyihalari, Orano kompaniyasining Navoiy viloyatidagi 600 mln dollarlik sanoat loyihasi, shuningdek Voltalia kompaniyasining quyosh va shamol energetikasi sohasidagi 325 mln dollarlik tashabbuslari mavjud.