Minskda Belarus–O‘zbekiston Do‘stlik xiyoboni ochildi
Minskda Belarus–O‘zbekiston Do‘stlik xiyoboni ochildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Minsk shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent ko‘chasida joylashgan Belarus–O‘zbekiston Do‘stlik xiyobonini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov ishtirok etdi. Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Baxtiyor Saidovning taʼkidlashicha, daraxt ekish marosimi ikki davlat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining ramzi bo‘ldi.
Vazir Do‘stlik xiyoboni O‘zbekiston va Belarus xalqlarini bog‘lab turgan mustahkam aloqalar, samimiy munosabatlar hamda ko‘p qirrali hamkorlikning yorqin timsoliga aylanishiga ishonch bildirdi.