O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Mirziyoyev Trampga o‘zbek anʼanaviy ayvonlarini sovg‘a qildi

Dilafro'z Niyazova · 24.08.2026 · 22:49 · 40 views
Mirziyoyev Trampga o‘zbek anʼanaviy ayvonlarini sovg‘a qildi
Mirziyoyev Trampga o‘zbek anʼanaviy ayvonlarini sovg‘a qildi   / Foto: The New York Times.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampga anʼanaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi. Ular Vashingtondagi West Potomac Park hududiga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. The New York Times maʼlumotlariga ko‘ra, sovg‘a kelajakda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Amerika qahramonlari milliy bog‘i uchun mo‘ljallangan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

AQSH Ichki ishlar vazirligi Mirziyoyev ayvonlarni Trampga topshirganini tasdiqladi. Amerika prezidenti sovg‘ani AQSH xalqi nomidan qabul qildi.

Park tashrif buyuruvchilari anʼanaviy inshootlarni kuzdayoq ko‘rishi mumkin. Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekistonda ayvonlar parklarning anʼanaviy elementlaridan biri hisoblanadi va ular murakkab yog‘och o‘ymakorligi bilan ajralib turadi.

Amerika qahramonlari milliy bog‘i hozircha loyihalashtirish bosqichida. Tramp rejasiga ko‘ra, uning hududiga AQSHning taniqli shaxslariga bag‘ishlangan taxminan 250 ta to‘liq hajmdagi haykal o‘rnatish, shuningdek, basseynlar, restoranlar va amfiteatr barpo etish rejalashtirilgan.

Ayvonlar Vashingtonda kelajakda tashkil etiladigan park makonining bir qismiga aylanishi kutilmoqda.