Iqtisod

Eronlik investorlar Farg‘onadagi loyihalarni o‘rgandi

Eronlik investorlar Farg‘onadagi loyihalarni o‘rgandi
Eronlik investorlar Farg‘onadagi loyihalarni o‘rgandi / Foto: Farg'ona viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida eronlik investor Paulyarab Mustafo boshchiligidagi tadbirkorlar guruhi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, sanoat, infratuzilma va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Eron biznesi vakillari Farg‘ona viloyatining investitsiya salohiyati, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Tadbirkorlar hududda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.