7
Iqtisod

O‘zbekiston va Auerbach Grayson banklarni xususiylashtirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Auerbach Grayson banklarni xususiylashtirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Auerbach Grayson banklarni xususiylashtirishni muhokama qildi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Auerbach Grayson moliya kompaniyasi bank-moliya sektorida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda xalqaro investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Auerbach Grayson prezidenti Nikxil Bxatnagar bilan uchrashuvi 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish va O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini xorijiy investorlar orasida ilgari surish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, xorijiy moliya institutlari va investitsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.