O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Angrenda Koreyada ishlashni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Dilafro'z Niyazova · 11.08.2026 · 12:10 · 74 views
Angrenda Koreyada ishlashni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Angrenda Koreyada ishlashni vaʼda qilgan firibgar ushlandi / Foto: DXX videosidan olingan tasvir.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Angren shahrida O‘zbekiston fuqarosini Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish bahonasida firibgarlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs ushlandi. U 5,9 ming dollar pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi N. M. X. A. ismli fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali uni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirishga yordam berishini vaʼda qilgan.

N. M. pul mablag‘larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), shuningdek, 211-moddasi 28-modda orqali (pora berish bilan bog‘liq jinoyatda ishtirokchilik turlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.