7
Sport

Sergey Rostovsev Slovakiyada uchta medal qo‘lga kiritdi

Sergey Rostovsev Slovakiyada uchta medal qo‘lga kiritdi
Sergey Rostovsev Slovakiyada uchta medal qo‘lga kiritdi / Foto: Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakili Sergey Rostovsev 7–9 avgust kunlari Slovakiyaning Preshov shahrida o‘tkazilgan velotrek bo‘yicha ikki bosqichli GP Slovak Cycling Federation musobaqasida uchta medal qo‘lga kiritdi.

Rostovsev musobaqaning birinchi bosqichida “skretch” dasturida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sportchi “elimineyshn” dasturida esa kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakili musobaqada birta oltin, birta kumush va birta bronza medal bilan ishtirokini yakunladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.