ISSV Aviagen bilan parrandachilik sohasidagi loyihani amalga oshirishni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vazir o‘rinbosari Ilzat Qosimov Aviagen CA kompaniyasi direktori Tyark Osterndorff bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish, mavjud masalalarni hal etish va hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish hamda muntazam ishchi muloqotlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.