Mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 barobarga oshdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 33,3 millionga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
2015 yilga nisbatan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,5 million nafarga yoki 4,3 barobarga oshgan. O‘n yil avval ushbu ko‘rsatkich 7,8 million abonentni tashkil etgan.
Mobil internet foydalanuvchilari soni butun davr mobaynida izchil o‘sib borgan. 2016 yilda abonentlar soni 9 millionga, 2017 yilda 10,3 millionga, 2018 yilda 12,7 millionga, 2019 yilda esa 15,7 millionga yetgan.
2020 yilda mobil internet xizmatlaridan 17,9 million abonent foydalangan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 21 millionga, 2022 yilda 24 millionga, 2023 yilda 27,1 millionga, 2024 yilda esa 29,2 millionga ko‘tarilgan.
2026 yil boshiga kelib, mobil internet abonentlari soni 33,3 millionni tashkil etgan.